Tana AI Yuklab olish
← Bosh sahifa

Hisobni o'chirish

Tana AI hisobingiz va barcha ma'lumotlaringizni butunlay o'chirish tartibi

Ilova orqali (bir daqiqa)

  1. Tana AI ilovasini oching va Gmail'ingiz bilan kiring.
  2. Bosh sahifaning yuqori o'ng burchagidagi menyuni bosib, Sozlamalarni oching.
  3. Pastdagi HISOB bo'limida “Hisobni o'chirish”ni bosing.
  4. Ogohlantirishni tasdiqlang va xavfsizlik uchun Gmail manzilingizni yozing.

Hisob shu zahoti o'chiriladi va ilova kirish sahifasiga qaytadi.

Ilova telefoningizda bo'lmasa ham bo'ladi. Istalgan brauzerda tanaai.app/app sahifasini oching, Gmail'ingiz bilan kiring (Gmail'ga kod keladi) va yuqoridagi qadamlarni bajaring.

Nima o'chiriladi

Ma'lumotlar bulutdan darhol va butunlay o'chiriladi, ularni qaytarib bo'lmaydi. Xizmat provayderlarining texnik loglari (kirish vaqti, IP) bir necha kun ichida avtomatik o'chadi.

O'chirishdan oldin: ma'lumotlaringiz nusxasi kerak bo'lsa, Sozlamalar → “Ma'lumotlarni eksport qilish” orqali faylni yuklab oling.

Faqat qurilmadan chiqmoqchimisiz?

Sozlamalar → “Chiqish” hisobni o'chirmaydi: ma'lumotlaringiz bulutda Gmail hisobingizga bog'liq holda qoladi va qayta kirganingizda tiklanadi. Faqat shu qurilmadagi nusxa tozalanadi.

Yordam kerakmi?

Kira olmayotgan bo'lsangiz yoki savolingiz bo'lsa, Tana AI'dan kelgan kirish kodi xatiga javob yozing.