Tana AI Yuklab olish
← Bosh sahifa

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 25-noyabr

Ushbu siyosat Tana AI ilovasi (tanaai.app/app) va tanaai.app sayti foydalanuvchilarining ma'lumotlari qanday yig'ilishi, saqlanishi va himoyalanishini tushuntiradi.

Qisqacha: biz faqat ilova ishlashi uchun zarur ma'lumotni saqlaymiz, uni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz. Har bir hisob alohida himoyalangan; uni istalgan payt yuklab olishingiz yoki butunlay o'chirishingiz mumkin.

1. Qanday ma'lumot yig'iladi

tanaai.app sayti hech qanday shaxsiy ma'lumot yig'maydi: unda ro'yxatdan o'tish, kuzatuv (analytics) yoki reklama cookie'lari yo'q.

2. Ma'lumot nima uchun ishlatiladi

3. Qayerda va qanday saqlanadi

4. Ma'lumot kimlarga beriladi

Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun uchinchi shaxslarga berilmaydi. Xizmat ishlashi uchun quyidagi provayderlardan foydalanamiz:

Qonun talab qilgan hollarda ma'lumot vakolatli davlat organlariga berilishi mumkin.

5. Saqlash muddati

Ma'lumotlar hisobingiz mavjud bo'lgan davrda saqlanadi. Hisobni o'chirsangiz, profil, kundalik, ovqatlanish ma'lumotlari va fayllaringiz bazadan darhol va butunlay o'chiriladi. Provayderlarning texnik loglari bir necha kun ichida avtomatik o'chadi.

6. Sizning huquqlaringiz

7. Bolalar

Tana AI 13 yoshdan kichik bolalar uchun mo'ljallanmagan. Agar farzandingiz hisob ochganini bilsangiz, uni ilova orqali o'chirishingiz mumkin.

8. Salomatlik haqida

Profil ma'lumotlari (vazn, bo'y va h.k.) faqat mashg'ulot va ovqatlanish hisob-kitobi uchun ishlatiladi. Ilova tibbiy xizmat emas — batafsil foydalanish shartlarida.

9. O'zgarishlar

Siyosat yangilansa, ushbu sahifadagi sana o'zgaradi. Muhim o'zgarishlar haqida ilova orqali xabar beramiz.

10. Aloqa

Maxfiylik bo'yicha savollar uchun Tana AI'dan kelgan kirish kodi xatiga javob yozing.